Yevropa portlarida rekord hajmdagi — 23 tonnadan ziyod kokain olib kirish holati fosh qilindi

Yevropa portlarida rekord hajmdagi — 23 tonnadan ziyod kokain olib kirish holati fosh qilindi

25.02.2021 0 Автор Moderator

Yevropa Ittifoqining uchta mamlakati huquq-tartibot idoralarining qo‘shma tadbiri davomida giyohvand moddalar sotuvchilaridan jami 23 tonnadan ziyod kokain olib qo‘yildi. Bu Yevropa qit’asi uchun yangi rekord hisoblanadi, deya xabar qilgan Niderlandiya politsiyasi.

“Avval hech qachon bu qadar ko‘p kokain olib kirish holati kuzatilmagan edi. Ishga aloqador bo‘lganlarni qo‘lga olish va surishtiruv ishlari Niderlandiya, Germaniya va Belgiya politsiya, bojxona hamda prokuratura organlari bilan hamkorlikda olib borildi”, — deyilgan xabarda.

Giyohvand moddalar Antverpen va Gamburgdagi portlarda musodara qilingan, bu yerlarga kokain partiyasi Panama (yog‘och ortilgan konteynerlarda) va Paragvaydan (devor uchun bo‘yoqlar ortilgan konteynerlarda) kemalarda olib kelingan. Niderlandiya huquq-tartibot idoralari 7,2 tonna, Germaniyadagi politsiya, bojxona va prokuratura 16 tonna kokainni fosh etgan.

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA

Giyohvand moddalarni qit’a hududiga olib kirgan shaxs 28 yoshli Niderlandiya fuqarosi bo‘lib chiqdi va u hibsga olingan.

Germaniya huquqni muhofaza qilish idoralarining vakillari agar mazkur kokain partiyasi ko‘chada sotilishi boshlanganida “savdogarlar” sotuvdan bir necha milliard yevro daromad ko‘rishi mumkin bo‘lganini qayd qildi.

Foto: EPA

Foto: EPA

2020-yil noyabr oyida Belgiya politsiyasi Antverpendagi portda qiymati 900 million yevroga teng bo‘lgan 11,5 tonna kokainni fosh etgan. O‘shanda bu butun dunyoda politsiya fosh etgan giyohvand moddalarning eng katta hajmdagi miqdori ekanligi ma’lum qilingandi.